Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.
Ushbu bahsda charm qo`lqop ustamizda amerikalik engilmas bokschi Maykl Foks raqiblik qiladi.
Ma`lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g`alaba qozongan.






