Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" jamg`armasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida xorijdagi vatandoshlar ro`yxatining elektron katalogi yaratilayotgani qayd etildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
2019 yilning yanvar oyi oxirida bu tizim onlayn rejimda ish boshlaydi. Ularni taklif etish va ular bilan munosabatlarni yo`lga qo`yish uchun jamg`arma Vasiylik kengashining tartibi bor.
Ularga oylik maoshlar belgilash, ijtimoiy imtiyozlar mana shu tartibga ko`ra muloqot davomida belgilanadi. Zarur o`rinlarda ularni uy-joy bilan ta`minlash masalasi ham jamg`arma rejasida bor.
"Kelgusi yilda Samarqand shahrida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan forum bu boradagi navbatdagi dadil qadam, yaxshi muloqot maydoni bo`ladi", - dedi mutasaddilar.






