AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida "Vatanparvarlik oyligi" tadbirlari o`tkazilmoqda

'Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida "Vatanparvarlik oyligi" tadbirlari o`tkazilmoqda'ning rasmi

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qismlar hamda Oliy harbiy ta`lim muassasalarining harbiy xizmatchilari tomonidan ommaviy "Vatanparvarlik oyligi"ga doir tadbirlarni o`tkazish boshlandi.

Xususan, Samarqand shahrida joylashgan "Yoshlar markazi"da Samarqand viloyati hokimligi hamda Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi bilan birgalikda "Vatan muqaddas uni himoya qilish sharafli burchdir" shiori ostida viloyat yoshlari bilan uchrashuv o`tkazildi. Unda zamonaviy harbiy xizmatchi qanday bo`lishi kerakligi, qanaqa bilim va ko`nikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida tushunchlar berildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiy qismlaridan birida esa Nukus shahridagi umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining yuzlab o`quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo`lib o`tdi.


Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi dramma teatrida el suygan san`atkorlar, yosh ijodkorlar va Nukus garnizoni ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri tomonidan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi katta konsert dasturi o`tkazildi.

Respublikamiz yoshlarining keng qatlamini qamrab olishga qaratilgan bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligining barcha qo`shinlarida davomli tarzda o`tkazilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidentining farmoyishiga binoan joriy yilning 15 dekabridan 2019 yilning 15 yanvariga qadar bir oy muddat «Vatanparvarlik oyligi» etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar