AsosiyJamiyat

Olmaliqda intellektual yoshlar taqdirlandi

'Olmaliqda intellektual yoshlar taqdirlandi'ning rasmi

Kuni kecha Olmaliqda "ZAKOVAT" intellektual tanlovi bo`yicha "Yoshlar ittifoqi kubogi" uchun festival o`yini bo`lib o`tdi.

O`yinda kombinatning barcha korxonalari jamoalari va kombinat tasarrufidagi kollejlar va TDTU hamda MISiS Olmaliq filiallari jamoalari o`zaro bellashishdi.

O`yin juda shiddatli va shaffof o`tdi. Eng qizig`i, o`yinda jamoalar jamoa nomlari emas, mahfiy tartib raqamlari ostida qatnashishdi, ya`ni qaysi raqam ostida qaysi jamoa o`ynayotganligini jamoaning o`zidan boshqa hech kim bilmadi. Faqatgina so`nggi 30-savoldan so`ng jamoalar o`z raqamlarini hakamlarga oshkor qilishdi.

Murosasiz kechgan bahsda Avtomobil transport boshqarmasi 3-o`rinni, Sanoat temiryo`l transporti boshqarmasi 2-o`rinni, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi yoshlari esa 1-o`rinni qo`lga kiritib "YoShLAR ITTIFOQI KUBOGI" sovrindori bo`lishdi.

Barcha ishtirokchilarga kombinat faxriy yorlig`i, g`oliblarga esa diplom va pul mukofotlari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar