Kecha, 20 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanida Sarbiy OFYda joylashgan uyda yashagan fuqaro S.B.ning uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar qildi.
Yong`in oqibatida uyning 165 kv.metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda VAZ 2106 jiguli rusumli mashina yonib zararlangan. Yong`inga 4 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong`in o`chiruvchilar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in bartaraf etilgan.
Yong`inni o`chirish vaqtida uyning ichidan uy egalarining to`rt nafari kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Yong`inni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.






