Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assosiasiyasi (OJA) O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "2018 yil odami" deb e`lon qildi.
Mamlakatimiz rahbari siyosiy yo`nalish bo`yicha g`olib, deb e`tirof etildi.
Assosiasiya vakillari ta`kidlaganidek, Shavkat Mirziyoev 2016 yil dekabrda O`zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganidan to hozirgi vaqtgacha inson huquqlarini ta`minlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ochiq siyosat yuritish, shu jumladan, siyosiy mahbuslarni ozod etishda yuksak natija ko`rsatib kelyapti.
"The Korea Times" xabariga ko`ra, O`zbekiston rahbari qo`shni davlatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini o`rnatgan holda, Markaziy Osiyoda tinchlik-totuvlikni asrashga katta hissa qo`shmoqda.
Boshqa yo`nalishlar bo`yicha "LG Group" faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol bo`yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan So qayd etildi.
G`oliblar nomlari maxsus hakamlar tomonidan mintaqaning har bir davlati vakillari va assosiasiya a`zolari tavsiyalari hamda baholaridan so`ng aniqlandi.
Xabar berilishicha, taqdirlash marosimi 2019 yilning bahorida assosiasiya bosh assambleyasida bo`lib o`tishi kutilmoqda.






