Fransiyaning Parij shahrida Yangi yil oldidan dunyodagi eng katta yopiq muz saroyi ochildi, deb xabar qilmoqda Fakty.ua nashri.
Muz maydonining kattaligi 3000 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu joy boshqa muz saroylariga qaraganda o`ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Bu erda bir vaqtning o`zida 3000 ta konki ijaraga beriladi. Parijliklar va shahar mehmonlarining so`zlariga ko`ra, bu Yangi yil arafasida ajoyib sovg`a bo`lgan.






