Marokash polisiyasi Atlas tog` yonbag`ridan evropalik sayyohlar jasadini topdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Norvegiya va Daniyadan bo`lmish ikki nafar qizlar dushanba kuni o`ldirilgan. Mazkur qotillikda gumondor shaxs Marokashda qo`lga olindi. Ayni vaqtda jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslar ham qidirilmoqda. Qizlar tog` yaqinidagi Imlil hududiga sayyohat qilish uchun kelishgan edi. Hozircha voqeaning qanday va nima maqsadda sodir etilgani bo`yicha aniq ma`lumotlar yo`q.






