AsosiyJamiyat

Yilning "Eng ma`rifatli imomi" aniqlandi

'Yilning "Eng ma`rifatli imomi" aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasida har yili an`anaviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan "Eng ma`rifatli imom – 2018" ko`rik-tanlovining mamlakat bosqichi yakunlandi.

Unda tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosqichlarida birinchi o`rinni egallagan 14 nafar imom-xatib bellashdi.

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi "Xudoyorhoji" jome masjidi imom-noibi Abduvohid Ahmadaliev "Eng ma`rifatli imom – 2018" tanlovining g`olibi bo`ldi.

Abduvohid Ahmadalievga O`zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi va "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan noutbuk va 3 million so`m pul mukofoti topshirildi.

Tanlovda ikkinchi o`rni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulolqo`rg`on" jome masjidi imom-xatibi Yahyoxon Abdurahmonovga nasib etdi. Unga O`zbekiston musulmonlari idorasining ikkinchi darajali diplomi va "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan LCD 42 televizor va 2 million 500 ming so`m pul mukofoti topshirildi.

image_2018-12-20_15-14-35.png

Uchinchi o`rin egasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Sa`dullo ota" jome masjidi imom-xatibi Obidjon Mirhamidov bo`ldi. Unga uchinchi darajali diplom va mikro to`lqinli pech va 2 million so`m pul mukofoti berildi.

image_2018-12-20_15-14-40.png

Bundan tashqari, bir qancha nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar nomi e`lon qilindi.

"Eng ko`p obuna uyushtirgan imom" nominasiyasi bo`yicha Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi "Nurul Islom" jome masjidi imom-xatibi Ozod Nazarov, "Eng ko`p maqola chop etgan imom" nominasiyasi bo`yicha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi "Fazli" jome masjidi imomi Azamat Usmonov, "Eng obod masjid" nominasiyasi bo`yicha Urganch shahridagi "Oxun bobo" jome masjidi, "Eng innovasion yondashuv" nominasiyasi bo`yicha Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanidagi "Domlo Omonullo" G`anijon Abiev va Andijon viloyati Oltinko`l tumanidagi "Dalvarzin" jome masjidi imomi Iskandar Ortiqov taqdirlandi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbar xodimlari, ulamolar, imom-xatiblar va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar