AsosiyJamiyat

Chet el fuqarolari ham O`zbekiston hududida dafn etilishi mumkin

'Chet el fuqarolari ham O`zbekiston hududida dafn etilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston hududida har bir insonga vafot etganidan keyin uni dafn etish uchun joyning tekin berilishi kafolatlanadi.

Shaxs xorijiy davlat hududida vafot etgan taqdirda, vafot etgan shaxsning uning jasadini yoki xokini O`zbekiston hududida dafn etish to`g`risidagi xohish-irodasini bajarish, shaxsga o`lim haqidagi guvohnomani, jasadni olib ketish uchun ruxsatnomani, yo`l hujjatlarini, shu jumladan davlat chegaralarini kesib o`tishga doir hujjatlarini olishga ko`maklashish qismida kafolatlanadi.

O`zbekiston fuqarosi yoki O`zbekistonning yo`l hujjatiga ega fuqaroligi bo`lmagan shaxs O`zbekistondan tashqarida vafot etganda, o`limni ro`yxatga olish konsullik okrugi hududida marhum yashagan yoki o`lim yuz bergan mamlakatda joylashgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Havo yoki dengiz kemasida yuz bergan o`limni ro`yxatga olish havo kemasi qo`nadigan yoki dengiz kemasi keladigan mamlakat konsullik okrugiga kiradigan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Konsullik tomonidan o`lim to`g`risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish konsullik va boshqa yig`imlar undirilmasdan amalga oshiriladi.

Fuqaroning o`limi to`g`risidagi ariza qarindoshlari, yaqinlari va boshqa shaxslar tomonidan uch sutkadan kechikmay taqdim etiladi.

O`limni qayd etish uchun konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • xorijiy tibbiy xulosa yoki o`lim haqidagi guvohnoma;
  • pasport, yo`l hujjati yoki vafot etganning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, yoxud ularning nusxasi;
  • 16 yoshgacha vafot etgan shaxslar uchun – pasport, yo`l hujjati yoki tug`ilganlik haqida guvohnoma.
  • Vafot etgan shaxsning jasadini yoki xokini O`zbekistonga transportda tashish uchun konsullik muassasasiga quyidagilar taqdim etiladi:
  • xorijiy vakolatli organlarning jasadni yoki xokini transportda tashish va mamlakatdan olib chiqish bo`yicha ruxsatnomasi;
  • yo`l-transport hodisasi (YTH) yoki huquqbuzarlik oqibatida o`lim yuz berganda –voqea joyida tuzilgan bayonnoma yoki xulosa;
  • yuqumli kasallik mavjudligi (mavjud emasligi) to`g`risida ma`lumotnoma;
  • transportda tashish uchun zarur bo`lgan boshqa hujjatlar (mavjud bo`lsa).

Taqdim etiladigan barcha chet el hujjatlari o`zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va konsul muhri bilan shahodatlangan bo`lishi lozim.

Dafn byurosi jasadni transportda tashish bo`yicha barcha zarur tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan jasadni sanitariya-gigiena jihatidan tayyorlaydi shuningdek imkoni bo`lsa, zarur diniy marosimlarni o`tkazadi.

Hayotlik chog`idagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va O`zbekiston Respublikasi hududida ko`mishga ruxsat beriladi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Odatda, ular sobiq vatandoshlar, O`zbekiston Respublikasi bilan tarixiy qarindoshlik aloqalariga ega bo`lgan boshqa shaxslar bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar