"Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi 2018 yil 4 sentyabrdagi Prezident qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, endilikda quyidagi ta`sir choralari foydalanilmayotgan ob`ektlarning xususiy mulkdorlariga, yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslarga ham qo`llaniladi:
- soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni umumbelgilangan tartibda to`lashga o`tkazish;
- mol-mulk va er soliqlarini ikki karra miqdorda to`lash, 6 oydan so`ng – besh karra, 12 oydan so`ng va keyinchalik – o`rnatilgan stavkaga nisbatan o`n karra miqdorda to`lashga o`tkazish;
- taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to`xtatish. Ilgari bu ta`sir choralari faqat yuridik shaxslarga ko`llanilgan, jismoniy shaxslar esa nazarda tutilmagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, respublika bo`yicha 48 ming 150 bo`sh turgan va foydalanilmayotgan ob`ektlar mavjud.






