Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi va Urganch shahar bo`limi tezkor xodimlari tomonidan Urganch shahrida yashovchi fuqaro R.S.ning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
O`tkazilgan tadbir davomida, Urganch shahar suv, kanalizasiya tarmoqlarida ishlovchi A.T. firibgarlik yo`li bilan engil daromad topib boyish maqsadida, fuqaro S.R.ning yashash xonadonining ichimlik suvidan 5 mln. so`m qarzdorligi borligini bilib, unga ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berishini, evaziga 3 mln.so`m berishini aytib, uni aldab, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste`mol qilib, undan 2 mln. 800 ming so`m pulni qo`lga kiritgan vaqtida MIB viloyat boshqarmasi hamda Urganch shahar bo`limi xodimlari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat bo`yicha fuqaro A.T.ga nisbatan 07.12.2018 yilda O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovni tashkillashtirish uchun Urganch shahar prokuraturasiga yuborildi.






