Velosportning trek yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi vakillari Shveysariyada professional velosportchilar o`rtasidagi xalqaro «Track Cycling Challenge» musobaqasida ishtirok etishayotgandi.
Quvonarlisi turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko`rsatdi (48 ochko) va birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Elena Chekkini (44 ochko, Italiya) ga nasib qildi.
Eslatib o`tamiz, Zabelinskaya kuzda Fransiyada o`tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O`zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.
Ma`lumot uchun, ushbu xalqaro turnir sportchilarga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi.






