Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarbaev Alisher Usmonovni I darajali "Do`stlik" ordeni bilan mukofotladi.
Qozog`iston TIV xabariga ko`ra, Usmonov mukofotni davlat va jamoatchilik faoliyatidagi xizmatlari, Qozog`istonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga, xalqlar o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashga qo`shgan muhim hissasi uchun olgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina Viner-Usmonovani III va II darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlagan edi.






