Buyuk Britaniya hukumati Evropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqishga faol tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar berdi Moya-planeta.ru nashri.
London bu vaziyatda 3,5 mingdan ko`proq harbiyni yuqori tayyorgarlik holatiga keltiradi. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Gevin Uilyamson hukumat kelishuvsiz Brexit’ga tayyorgarlik ko`rishni faollashtirganini ma`lum qildi. Dastlab hujjat bo`yicha ovoz berish 11 dekabrga belgilangan edi. Biroq Bosh vazir Tereza Mey 3 kun davom etgan munozaralardan keyin kelishuvni joriy holatda deputatlarning ko`pchiligi qo`llab-quvvatlamasligini tan olgan va ovoz berishni yanvar o`rtasiga ko`chirgan.






