Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma`lum qilinishicha, 16 dekabr kuni havo o`zgarib turadi, harorat biroz pasayadi, ba`zi joylarda yog`ingarchiliklar kuzatiladi. Tuman bo`lishi mumkin.
Toshkent shahrida yomg`ir yog`ishi mumkin, harorat kechasi +3...+5, kunduzi +5...+7 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida yomg`ir, qor yog`adi, harorat kechasi -8...+2, kunduzi -3...+2 darajaga etadi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yomg`ir va qor yog`adi, harorat kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg`ir yog`ishi mumkin, harorat kechasi +2...+7, kunduzi +5...+10 darajagacha ko`tariladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchiliklar kutilmaydi, -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo`ladi.






