Mirzo Ulug`bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog`ida Yangi yil oldidan o`rnatilgan archa yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Yong`in Yangi yil archasini o`rnatish vaqtida yuz bergan va archaning uch qismi yongan.
Dastlabki taxminlarga ko`ra, yong`inga archani bezab turgan yonib-o`chib turuvchi chiroqlardagi qisqa tutashuv sabab bo`lgani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q.
IIBB uylar, ishxonalar va boshqa muassasalarda archa o`rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan.






