AsosiySport

Shohjahon Ergashev raqibini nokautga uchratdi

'Shohjahon Ergashev raqibini nokautga uchratdi'ning rasmi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o`tkazdi.

Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boshlagan bokschimiz 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.

Ma`lumot uchun, bu Shohjahon uchun professional ringdagi 16-jang bo`ldi. Ergashev ularning barchasida g`alaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag`lub etgan. Ruizning o`tkazgan janglari soni 50 taga etdi. Argentinalik bokschi ularning 32 tasiga g`alaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).

    Boshqa yangiliklar