AQSh va Meksika chegarasidagi devorga yana bir guruh Markaziy Amerikalik muhojirlar chiqib olishdi, deb xabar berdi TASS nashri.
Migrantlar karvonining navbatdagi guruhi Meksikaning Tixuana shahriga etib kelgan va devordan oshib o`tishga urinayotgan vaqtida Qo`shma shtatlar chegarachilari tomonidan qo`lga olindi. Ularning ba`zilari o`z xohishlari bilan askarlar qo`liga tushishni istashgan. Muhojirlar hukumatdan boshpana so`rovlari ko`rib chiqilishiga ishonishmoqda.






