AsosiySport

Nurmagomedov yil yakunlariga ko`ra top-5 sportchilar safidan joy oldi

'Nurmagomedov yil yakunlariga ko`ra top-5 sportchilar safidan joy oldi'ning rasmi

Aralash qoidalar bo`yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2018 yilda dunyoning eng mashhur sportchilari ro`yxatiga kiritildi.

Google kompaniyasi bergan hisobotga ko`ra, yakunlanib borayotgan 2018 yilda eng ko`p “qidiruv” berilgan sportchilar ro`yxatida Xabib Nurmagomedov beshinchi o`rinni band etgan. Konor Makgregor esa o`ninchi pog`onadan joy olgan.

Qizig`i shundaki, Google tizimida eng ko`p izlangan sportchi bu basketbol yulduzi Tristan Tompson bo`lgan. Keyingi o`rinlarda futbolchi Aleksis Sanches, tog` chang`i sporti vakilasi Lindsi Vonn hamda snoubordchi Shon Uayt bormoqda.

Google Rossiya hududida Xabib Nurmagomedov birinchi o`rinda ekanligini qayd etgan. Konor Makgregorga esa reytingning to`qqizinchi pog`onasidan joy tekkan. Joriy 2018 yilda Rossiyada yil voqeasi sifatida tanlanganlar ro`yxatida Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o`rtasidagi jang to`rtinchi o`rinda zikr etilgan. Rossiyadagi jahon chempionati shubhasiz birinchi o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar