AsosiyJamiyat

Tanzila Norboeva: Munosib ish o`rinlari taqchilligiga avvalo xotin-qizlar duch kelmoqda

'Tanzila Norboeva: Munosib ish o`rinlari taqchilligiga avvalo xotin-qizlar duch kelmoqda'ning rasmi

Toshkenda mehnat va bandlik masalalari yuzasidan o`tkazilayotgan xalqaro anjumanda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva mamlakatimiz Xalqaro mehnat tashkilotining to`laqonli a`zosi ekanligi, shu vaqtgacha XMTning 14 ta konvensiyasi ratifikasiya qilingani haqida to`xtalib, hukumat mehnat munosabatlariga zid holatlarga yo`l qo`ymasligini qat`iy ta`kidladi, deb yozmoqda O`zA.

- Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi sifatida shuni tan olamanki, munosib ish o`rinlari taqchilligiga avvalo ayollarimiz duch kelmoqda, - dedi T.Norboeva. - Aholimizning 80 foizi oilada erkak kishi pul topishi kerak, ayol farzandlar tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lishi lozim, deb hisoblaydi. Jamiyatda saqlanib qolgan shu kabi patriarxal qarashlar xotin-qizlarimizning munosib ish o`rinlariga joylashishiga halaqit bermoqda.

T.Norboeva shuningdek, mamlakatimizda XMTning ratifikasiya qilingan konvensiyalari doirasida hukumat darajasida olib borilayotgan ishlar mazmuniga to`xtaldi.

    Boshqa yangiliklar