Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi otinoyilar o`rtasida o`tkazilgan “Eng faol otinoyi” ko`rik-tanlovi yakunlandi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.
“Shayx Zayniddin” jome masjidida o`tkazilgan Toshkent shahar bosqichida 13 nafar otinoyi qatnashdi.
Savollar islomdagi shar`iy hukmlar va O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi asosida tuzilgan bo`lib, otinoyilarning diniy ilm salohiyatini va huquqiy savodxonligini malakali huquqshunos va imom-xatiblar tomonidan baholandi.
Yakuniy xulosalarga ko`ra, Yunusobod tumani hudud otinoyisi – Dilorom Karimova 1-o`rinni, Mirzo Ulug`bek tumani hudud otinoyisi – Nasiba To`raxo`jaeva va Shayxontohur tumani hudud otinoyisi – Feruza Toshxo`jaeva 2-o`rinni, Yakkasaroy tumani hudud otinoyisi – Sijoat Sharipova 3-o`rinni qo`lga kiritishdi.






