AsosiyJamiyat

​Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar Mudofaa vazirligi maxsus kurslarida malaka oshiradi

'​Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar Mudofaa vazirligi maxsus kurslarida malaka oshiradi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasida tajriba tariqasida jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida ixtisoslashtirilgan o`quv-amaliy kurslarida muntazam o`qitish tizimini joriy etishga kirishildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yangilik O`zbekiston Prezidentining “Qoraqalpog`iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishi ijrosi bo`yicha amalga oshirilmoqda

Farmoyish asosida ishlab chiqilgan yo`l xaritasiga ko`ra, Nukus shahri va tumanlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholini ma`naviy-ma`rifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning Mudofaa vazirligi bilan hamkorligi yo`lga qo`yildi.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan Nukus shahri Yoshlar markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hududiy bo`linmalari hamkorligida “Jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari: muammo va echimlar” deb nomlangan anjuman o`tkazildi.

Anjuman doirasida yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini va sportni ommalashtirish maqsadida tashkil etiladigan sport musobaqalari, ommaviy sport festivallari va spartakiadalar, suhbat-treninglarni o`tkazishda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik guruhlariga eng ilg`or harbiy xizmatchilar, askarlar ham kiritilishi belgilab olindi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini amalga oshirishda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi imkoniyatlari hamda ofiser va serjantlarning harbiy vatanparvarlikni tashkil etish yo`nalishidagi ilg`or tajribasidan unumli foydalanishga urg`u berildi.

    Boshqa yangiliklar