Prezident Shavkat Mirziyoev Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan viloyat faollarining yig`ilishida bu masalaga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda O`zA.
– Aholining arzon uylarga bo`lgan talabini qondirish uchun 2018 yilda qishloq joylarda 3 mingdan ziyod, yoki o`tgan yilga nisbatan ikki barobar ko`p arzon namunali uy-joy, shunindek, Qarshi shahrida jami 630 xonadonli 14 ta ko`p qavatli uy qurildi.
2019 yilda qishloq joylarda 1 ming 205 ta arzon namunaviy uy-joy, shaharlarda 14 ta ko`p qavatli uylar barpo etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.






