AsosiyJinoyat

Bekobodda ​ayol turmush o`rtog`ini pichoqlab qo`ydi

'Bekobodda ​ayol turmush o`rtog`ini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi O.X. uyida rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i R.B.(ismli ayol) bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro janjal oqibatida O.X. uni bo`g`ib, yuziga qo`li bilan urgan vaqtida R.B. uning ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada O.X. kasalxonaga yotqizilgan. R.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar