Joriy yilning 15-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida "Zamonaviy shaharsozlik va qurilishning xalqaro e`tirof etilgan tajribalari va ularni milliy arxitektura an`analari bilan uyg`unlashuvi" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi.
Anjuman maqsadi va vazifalari:
Toshkent shahri yildan-yilga chiroy ochib, milliy me`morlik an`analari hamda dunyo arxitekturasi yutuqlarini uyg`unlashtirgan yirik megapolisga aylanmoqda. Zamonaviy inshootlar, yo`l va ko`priklar, hiyobonlar, istirohat bog`lari aholiga keng qulaylik yaratmoqda.
Shaharlar infrastrukturasi rivojlanishi, ularning yirik megapolislarga aylanishi aholi uchun yanada sifatli turmush darajasi, ayniqsa, piyodalar uchun, sayr qiluvchilar uchun zarur qulayliklar yaratishni talab etadi.
Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar ko`lami kengaymoqda, sohada xalqaro hamkorlik rivojlan moqda. Ushbu anjuman ham shahar me`morchiligi loyihalarini amalga oshirishda aholining yaxshi yashashi va faoliyat olib borishi uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida jahon tajribasini o`rganish maqsadida tashkil qilindi.
Konferensiya quyidagi sho``balarda ish olib boradi:
- An`anaviy arxitektura va shaharsozlik muhitining rivojlanish yo`llari
- Barqaror shaharsozlik
- Zamonaviy arxitektura va innovasion yondashuvlar.






