12 dekabr kuni "O`zbekiston" mehmonxonasining "Tantanalar zali"da "Ibratli oila" ko`rik tanlovining yakunlovchi bosqichi hamda tadirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rik-tanlov Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ibratli oilalar ishtirokida joriy yilning may-dekabr oylarida 4 bosqichda o`tkazildi.
Yakunlovchi bosqichda hududlardan kelgan oilalar quyidagi nominasiya yo`nalishlarda taqdirlandilar:
- Sirdaryo viloyatidan Erkaevlar oilasi «Eng ibratli tibbiy madaniyati yuksak targ`ibotchi oila»,
- Toshkent shahridan Ergashevlar oilasi «Eng ibratli faol jamoatchi oila»,
- Qashqadaryo viloyatidan Normatovlar oilasi «Eng ibratli ahil yosh oila»,
- Surxondaryo viloyatidan Jo`raevlar oilasi «Eng ibratli ma`naviyati yuksak oila»,
- Samarqand viloyatidan Xalilovlar oilasi «Eng ibratli san`atsevar oila»,
- Xorazm viloyatidan Masharipovlar oilasi «Eng ibratli adabiyotsevar, hunarmand oila»,
- Buxoro viloyatidan Adilovlar oilasi «Eng ibratli kitobxon oila»,
- Jizzax viloyatidan Tursunovlar oilasi «Eng ibratli faol oila»,
- Namangan viloyatidan Umurzoqovlar oilasi «Eng ibratli qadriyatlarni qadrlagan saxiy oila»,
- Andijon viloyatidan Mahkamovlar oilasi «Eng ibratli insonparvar oila»,
- Toshkent viloyatidan G`ulomovlar oilasi «Eng ibratli ma`rifatli ziyoli oila» nominasiyasi bo`yicha g`olib, deb topildi.
- “Ibratli oila” respublika ko`rik-tanlovining 3-o`rin sohibi bo`lish Farg`ona viloyatidan Sherg`ozievlar oilasiga, 2-o`rin sohibi bo`lish Navoiy viloyatidan O`runovlar oilasiga, 1-o`rin sohibi bo`lish Qoraqalpog`iston Respublikasi Aybergenovlar oilasiga nasib etdi.

G`oliblarga va nominasiyaga ega bo`lgan oilalarga “Oila” markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan "Ibratli oila — 2018" respublika ko`rik-tanlovini o`tkazishdan ko`zlangan maqsad, eng avvalo, "Sog`lom oila - sog`lom jamiyat" konseptual g`oyasini hayotga tatbiq etishdir.






