Davlat xizmatlari agentligi bir yilligi munosabati bilan avvalroq "Eng ko`p davlat xizmatlaridan foydalangan fuqaro" tanlovi e`lon qilingan endi.
Bir yillik bilan o`tkazilgan tadbirda elektron davlat xizmatlaridan 297 marta foydalanib kelgan fuqaro Radik Ergashev g`olib deb topildi va unga esdalik sovg`a — televizor topshirildi
— Qo`ng`iroq qilib, tanlov g`olibi ekanligimni e`lon qilishgach, hayron qoldim. To`g`risini aytsam, onlayn xizmatlar olishni o`rganayotganimda, yangi formatga ko`nikishim biroz qiyin kechdi. Ammo keyin, zarur hujjatni olish uchun yo`lkira va navbatlarga vaqtni sarflamasdan turib olish mumkinligini ko`rib, bu naqadar qulay ekanligini tushundim. Agar boshida faqatgina biznesimga tegishli davlat xizmatlaridan foydalangan bo`lsam, keyinchalik boshqa ma`lumotnomalarni ham elektron shaklda olishni boshladim, — deydi Radik Ergashev.






