Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti abiturientlar va kasb-hunar kolleji, akademik lisey va maktab o`quvchilariga institutning kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslari boshlanganini e`lon qiladi. Tayyorlov kurslari quyidagi fanlardan olib boriladi:
- Ingliz tili;
- Matematika;
- Fizika.
Darslar haftasiga 3 marta 120 daqiqadan rus va o`zbek tillarida olib boriladi.
Har bir dars mashg`ulotlari uchun oylik to`lov 500 000 so`mni tashkil etadi.
Tayyorlov kurslari 6 oy davom etadi.
Shuningdek, abiturient 2 va undan ortiq fanlardan o`quv mashg`ulotlarida ishtirok etsa, chegirmaga ega bo`ladi.
Masalan, ingliz tili va fizika fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlari uchun oylik to`lov 800 000 so`mni tashkil etadi.
Darslar uchun oylik to`lov har bir fan uchun 300 000 so`mni tashkil etadi. Shuningdek, agar siz 2 va undan ortiq fanlardan o`quv mashg`ulotlarida ishtirok etsangiz, chegirmaga ega bo`lasiz.
Masalan, rus tili va fransuz tili fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlarida ishtiroki uchun oylik to`lov 500 000 so`mni tashkil etadi.
Tayyorlov kurslari bo`yicha savollaringiz bo`lsa, institutning Uzluksiz ta`lim markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti qoshidagi tayyorlov kurslari qatnashchisi bo`lib, siz quyidagi imtiyozlarga ega bo`lasiz:
- O`quv kursi yakunidagi test sinovlarida matematika yoki fizika va ingliz tili fanlarining har biridan muvaffaqiyatli natijaga erishgan qatnashchilar Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga kirish imtihonlaridan ozod etilib, kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
- Tayyorlov kurslari qatnashchilari Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti inshootlaridan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, siz quyidagi fanlar bo`yicha tayyorlov kurslarida ishtirok etishingiz mumkin:
- Rus tili;
- Koreys tili;
- Nemis tili;
- Fransuz tili;
- O`zbek tili;
- Kompyuter kurslari.
Darslar haftasiga 3 marta 120 daqiqadan rus va o`zbek tillarida olib boriladi.
Murojaat uchun telefonlar:
+998 (78) 129-40-40 (113)
El. pochta: info@ytit.uz
Facebook: http://facebook.com/ytit.uz
Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir koʻchasi, 156
Rasmiy veb sayt: http://ytit.uz






