AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koenga bir qator jinoyatlar bo`yicha ayblovlar qo`yilib, 3 yillik qamoq jazosi belgilandi, deb xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Moliyaviy qoidabuzarliklar, soliq firibgarliklari sodir etish va AQSh kongressiga yolg`on ko`rsatmalar berish jinoyati shular jumlasidandir. Koenga, shuningdek, 2 mln. dollarlik jarima solingan. Advokatning o`zi ayblarini tan olib, AQSh xalqi oldida uzr so`rashini ta`kidlagan





