AsosiySiyosat

Bir qator hujjatlar ratifikasiya qilindi

'Bir qator hujjatlar ratifikasiya qilindi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining o`n ettinchi yalpi majlisida bir qator hujjatlarni ratifikasiya qilishga oid masalalar ko`rib chiqildi.

Jumladan, “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to`g`risidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971 yil 29 oktyabr) O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida”;

“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo`yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida”, “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo`yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) O`zbekiston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida”;

“O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi Shartnomani (Toshkent, 2018 yil 17 avgust) ratifikasiya qilish haqida”;

“Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar tomonidan qo`shma aksilterror o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008 yil 28 avgust) ratifikasiya qilish haqida”gi O`zbekiston Respublikasining qonunlari senatorlar tomonidan ma`qulandi.

    Boshqa yangiliklar