Statistik maʼlumotlarga koʻra, ichki ishlar organlari tomonidan birgina Toshkent shahrida oxirgi bir yil davomida 5 mingdan ortiq shaxs tilanchilik qilish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlangan va reabilitatsiya markaziga olib borilgan, deb yozmoqda OʻzA.
Mazkur shaxslarning 4 mingdan ortigʻini xotin-qiz, shu jumladan, 3 mingdan ortigʻini yosh bolali ayol, 100 nafarga yaqinini nogironligi boʻlgan erkak hamda 500 nafarga yaqinini keksa yoshdagilar tashkil qilgan.O`zAning xabariga ko`ra mazkur shaxslarning 4 mingdan ortig`ini xotin-qiz, shu jumladan, 3 mingdan ortig`ini yosh bolali ayol, 100 nafarga yaqinini nogironligi bo`lgan erkak hamda 500 nafarga yaqinini keksa yoshdagilar tashkil qilgan.
Tilanchilik ayrimlar uchun mehnat qilmay daromad topish manabiga aylangan. Yo`llarda tilanchilik qilishni odat qilib olganlar nafaqat o`z hayoti, balki transport vositaari harakatlanishiga ham xavf tug`dirib kelmoqda.
Bunday holatlarga barham berish maqsadida tilanchilik qilish qonun bilan taqiqlanmoqda.
Oliy Majlis Senatida muhokama etilgan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta`minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunda bu o`z fodasini topgan.
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1883-moddasida tilanchilik qilganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha ma`muriy qamoqqa olish belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Jinoyat kodeksining 1271-moddasi tilanchilik bilan shug`ullanish, shunday qilmish uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Mazkur qo`shimchalar tilanchilik qilganlik uchun, shu jumladan tilanchilik qilishda voyaga etmagan yoki nogironligi bo`lgan shaxslardan foydalanganlik yoki ularni jalb qilib yoxud o`zini nogironligi bo`lgan shaxs sifatida ko`rsatib, shuningdek chaqaloqlar va yosh bolalarga hamda boshqa voyaga etmaganlar, nogironligi bo`lgan shaxslarga giyohvandlik yoki psixotrop, shuningdek kishining aql-idrokiga ta`sir qiladigan boshqa vosita va moddalarni iste`mol qildirgan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlik masalasi belgilanmaganligi uchun joriy etilmoqda.






