AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining yangi logotipi nimalar aks ettiriladi?

'Toshkent shahrining yangi logotipi nimalar aks ettiriladi?'ning rasmi

Poytaxtning Turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotipi qabul qilindi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligida turizmni yanada rivojlantirish, turizm brendini yaratish va targ`ib qilish masalalariga bag`ishlangan boshqarma rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining habariga ko`ra, yangi turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm ko`rgazmalarida, savdo yarmarkalarida, tashkil etiladigan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy ob`ektlariga yo`naltiruvchi yo`l xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targ`ib qiluvchi video-roliklar va ko`rsatuvlarda, turizm ob`ektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovg`a, kiyim-boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar