AsosiyDunyo

Huawei direktori garov evaziga ozodlikka chiqarildi

'Huawei direktori garov evaziga ozodlikka chiqarildi 'ning rasmi

Kanada sudi Huawei kompaniyasining ayni damda qamoqda saqlanayotgan moliyaviy direktori Men Vanchjouni garov puli evaziga ozodlikka chiqardi, deb xabar qilmoqda Ntv.ru nashri.

Xitoy tomoni esa kanadalik sobiq diplomat Maykl Kovirni qo`lga oldi. Buning sababi esa rasman e`lon qilinmagan. Biroq ekspertlar buni Kanadada Xitoy fuqarosini qamoqqa olinishi bilan bog`liq deb hisoblashmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, Men Vanchjouning garov puli ayolning turmush o`rtog`i va do`stlari hamda sobiq hamkasbi tomonidan to`langan.

Eslatib o`tamiz, Huawei kompaniyasining moliyaviy direktori 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingan. Ayol AQSh sanksiyalarini chetlab o`tgan holda Eron bilan bitimlar tuzganlikda ayblanmoqda.

    Boshqa yangiliklar