Hindistonning Nyu-Dehli shahri ayni kunlarda maymunlar tomonidan ishg`ol etilmoqda, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
Gap shundaki, shaharda son-sanoqsiz makaka maymunlarini ko`rish mumkin. Ular ko`chalarda transport harakatiga xalal berib, yo`lovchilarga hujum qilishmoqda. Jonivorlar vazirlik binosi va hattoki prezident saroyigacha etib borgan. Korxona va tashkilotlar chaqirilmagan mehmonlar ish faoliyatlariga salbiy ta`sir ko`rsatayotganidan shikoyat qilishmoqda. Ularning ta`kidlashicha, ofislardan muhim bo`lgan hujjatlar maymunlar tomonidan o`g`irlanmoqda. Hindiston Ichki ishlar vazirligi esa tez orada muammo bartaraf etilishini ma`lum qilgan.






