AsosiyDunyo

Putinning yangi hujjati topildi

'Putinning yangi hujjati topildi 'ning rasmi

Germaniyada sobiq davlat xavfsizligi vazirligining arxiv bilan ishlaydigan bo`limidagi hujjatlar orasidan Vladimir Putin nomiga berilgan xizmat guvohnomasi topildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Hujjat Shtazining Drezdendagi boshqarmasining "Kadrlar va ixtisosliklar" bo`limi hujjatlari ichida bo`lgan. Guvohnoma mayor Vladimir Putinga 1985 yil 31 dekabrda berilgan bo`lib, 1989 yil oxirigacha muddati uzaytirib kelingan va unda Putinning imzosi bor. Xabarlarga ko`ra, Putin bu guvohnoma bilan GDR davlat xavfsizlik organlari idoralariga hech qanday to`sqinliksiz kirolgan. Ayni vaqtda Kreml bu xabarni tasdiqlamagan. Biroq inkor qilgani ham yo`q.

    Boshqa yangiliklar