AsosiyJamiyat

Yana bir o`quvchiga Prezident sovg`asi topshirildi

'Yana bir o`quvchiga Prezident sovg`asi  topshirildi'ning rasmi

"Yosh kitobxon" tanlovining 15-19 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida o`tkazilgan mamlakat bosqichida Qoraqalpog`iston Respublikasining Kegayli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi 10-sinf o`quvchisi Kokanova Nursulu birinchi o`rinni egalladi va Prezident sovg`asi – Spark avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda.

2-o`rinni Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta`lim maktabi 10-sinf o`quvchisi Dilnavoz Ne`matullaeva qo`lga kiritdi. 3-o`ringa esa buxorolik Baxriddin Rafiqov munosib deb topildi.

Avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 24-umumta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Mahliyo O`roqova mazkur tanlovning 10-14 yosh toifasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritib, Prezident sovg`asi – Spark avtomobili bilan taqdirlangan edi.

    Boshqa yangiliklar