10 dekabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi IIBga ariza kelib tushgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda 2016-2017 yillar mobaynida Shifokorlar mahallasida yashovchi shahar tug`ruq kompleksi shifokori B.U.(ismli ayol) o`zining Toshkent viloyati Zangiota tumani tanishi, Sebzor 17/18-dahasida yashovchi D.M.(ismli ayol)ga 100 ming AQSh dollariga pulini bo`lib olish sharti bilan sotishga kelishib, undan 89 ming AQSh dollari pulini olib, uyni D.M.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan. B.U. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






