AsosiyJamiyat

Antiradar olib kirishga uringanlar "radar"ga tushdi

'Antiradar olib kirishga uringanlar "radar"ga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tomonidan antiradar qurilmalarini yurtimizga noqonuniy olib kirishga urinish holatlari fosh etildi.

Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, "G`ishtko`prik" chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan T.J. ismli shaxsning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Ushbu shaxs bojxona nazoratidan yashirib, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati 50,5 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi 61 dona antiradar qurilmalarini avtomobil uchun mo`ljallangan karnay qutilari ichiga berkitgan holda respublikamizga olib kirishga uringan chog`ida to`xtatib qolindi.

"S.Najimov" chegara bojxona postida esa fuqaro Sh.D.ning "Cobalt" rusumli avtoulovi ko`zdan kechirilganda, avtoulov eshiklari qoplamasi va yukxonasi ichidan bojxona nazoratidan yashirgan holda holda qiymati qariyb 22 million so`mlik 12 dona antiradar qurilmasi va boshqa avtomobil ehtiyot qismlarini qo`shni davlatdan olib kirayotganligi aniqlandi. Antiradar olib kirishga uringanlar "radar"ga tushdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar