"Toshkent-Buxoro-Toshkent" yo`nalishida qatnovchi "ShARQ" tezyurar poezdining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur poezd 2018/2019 yillarda haftaning olti kunida, ya`ni dushanba (seshanba kuni o`rniga), chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba kunlari harakatini amalga oshiradi.
Bu borada qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahrida 1005 telefon raqamidan hamda joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






