13 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
XMT delegasiyasining tashrifi dasturidan hukumat, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.
Bosh direktor Gay Rayder Toshkentda "Barqaror rivojlanish maqsadlari yo`lida munosib bandlikni ta`minlash: xalqaro amaliyot va O`zbekiston tajribasi" mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ham ishtirok etadi.






