AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

'Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 11 dekabr kuni Toshkent shahrining Navoiy ko`chasida 4-avtobus saroyi MChJga qarashli "Mercedes-Benz Low Floor" rusumidagi yo`lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Erkin – Oloy bozori" yo`nalishida harakatlangan avtobusda to`satdan yong`in chiqqan.

Yong`in haqida navbatchi qismga soat 7:23 da ma`lumot kelib tushgan. O`t o`chiruvchilar sa`y-harakati bilan 7:29 da yong`in o`chirilgan. Haydovchi va yo`lovchilar jabrlanmagan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`inga avtobusning yoqilg`i tizimidagi nosozlik sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar