Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2018–2019 o`quv yilidan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, Farg`ona viloyati hamda Toshkent shahrida bolalarni majburiy ta`limga bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
Mazkur tajriba loyihasini amalga oshirishda Maktabgacha ta`lim vazirligining asosiy vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, qaror bilan bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlarini joriy etish tartibi to`g`risidagi nizomtasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, tajriba guruhlari maktabgacha ta`lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta`lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Tajriba guruhlarida ta`lim-tarbiya jarayonini yo`lga qo`yish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur bo`lsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.
Tajriba guruhlarida joriy yilning 1 sentyabr kunida 5 yoshu 6 oylik bo`lgan, maktabgacha ta`lim muassasasiga bormayotgan bolalar qabul qilinadi.
Shuningdek, nizomga ko`ra ta`lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) o`qitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta`lim muassasalari uchun davlat o`quv dasturi asosida tashkil etiladi.
Bitta guruhda bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
Majburiy tayyorlov guruhlari uchun 2018–2019 o`quv yili 2018 yil 10 dekabrdanboshlanadi va 2019 yil 10 avgustda tamomlanadi.
Boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o`tgan bolalarga tegishli davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.
Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish bo`yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan hududlar ro`yxati quyida keltirilgan:

*) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi guruhlar soniga o`zgartirishlar kiritish huquqiga ega.






