AsosiyJamiyat

Avtomobil ustaxonasida chiqqan yong`inda ishchining kuygan jasadi topildi

'Avtomobil ustaxonasida chiqqan yong`inda ishchining kuygan jasadi topildi'ning rasmi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 10 dekabr kuni Mustaqil yurt ko`chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida ustaxonaning 30 kv.m. maydonida tom qismi, ustaxona jihozlari zarar ko`rgan.

Shuningdek, Ulug`nor tumanida yashovchi A.N.ga tegishli "Damas" avtomashinasi yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida shu ustaxona ishchisining kuygan jasadi topilgan. Yana bir ishchi kuyish jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong`in avtomashinaning gaz ballonida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda alanga hosil bo`lishidan kelib chiqqani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar