AsosiyJamiyat

UZINFOCOM .UZ domenlarini ro`yxatga olishni to`xtatdi

'UZINFOCOM .UZ domenlarini ro`yxatga olishni to`xtatdi'ning rasmi

«Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha yagona integrator UZINFOCOM» MChJ uz zonasida domen nomlarini ro`yxatga olish va yangilash bo`yicha o`z faoliyatini to`xtatdi.

“Yagona Integrator UZINFOCOM” tomonidan ro`yxatdan o`tgan domen nomlarining egalari, xohishlariga ko`ra, o`z domen nomlarini uz zonasining rasmiy ro`yxatdan o`tkazuvchisiga o`tkazishlari mumkin.

Ushbu echim «Yagona Integrator UZINFOCOM» MChJ ro`yxatga oluvchilar va UZ domen administrasiyasi o`rtasida aniq taqsimlangan vazifani bajarish, ro`yxatga oluvchilar raqobatdosh tarmoqlarini rivojlantirish, domen nomlarini ro`yxatga olish va qo`llab-quvvatlash xizmatlarini markazlashtirmaslik, raqobat muhitini ta`minlash, bozorda taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini va domen nomlarini ro`yxatga olish, shuningdek, .UZ zonasining asosiy reestrini texnik jihatdan qo`llab-quvvatlashni yaxshilashga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar