"Yosh kitobxon" ko`rik-tanlovining 10-14 yosh toifasi bo`yicha respublika bosqichi g`olibi aniqlandi.
Tanlovda 14 nafar yigit-qizlar "O`zbek adabiyoti bilimdoni", "Jahon adabiyoti bilimdoni", "Buyuk mutafakkir va adib" hamda "She`riyat" shartlari bo`yicha kuch sinashdi.
Hakamlar hay`ati va malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilgan tanlov natijalariga ko`ra, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi Mahliyo O`roqova g`olib deb topildi va prezident sovg`asi – "Spark" avtomobilini qo`lga kiritdi.


"Yosh kitobxon" tanlovining respublika bosqichida 10-14 yosh toifasi bo`yicha 2-o`rinni toshkentlik Salohiddin Qahhorov, 3-o`rinni esa farg`onalik Dilrabo O`tkirovalar egalladi.






