AsosiyDunyo

Hindistonda qumdan yasalgan haykallar festivali o`tkazilmoqda

'Hindistonda qumdan yasalgan haykallar festivali o`tkazilmoqda 'ning rasmi

Hindistonning Konakar shahrida qumdan yasalgan haykallar sakkizinchi xalqaro festivali o`tkazilmoqda, deya xabar qildi TASS nashri.

Unda dunyoning AQSh, Gollandiya, Ispaniya, Yaponiya, Shri-Lanka mamlakatlaridan kelgan 100 dan ortiq haykaltarosh ustalar ishtirok etishmoqda. Festivaldagi barcha haykallar dengiz qumidan yasaladi. Tadbir so`ngida eng yaxshi haykaltaroshlik ishi muallifi mukofot pulini qo`lga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar