Toshkent viloyatining Chinoz tumanida navbatdagi Davlat xizmatlari markazi shohobchasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Shohobcha tuman markazidan 25 kilometr masofadagi "Tong yulduzi" mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan bo`lib, "Obod mahalla" davlat dasturini amalga oshirilishining natijasidir.
Ochilgan DXM shohobchasi tufayli, endilikda aholi punktining 228 oilasi shinam filialda tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Tumandagi DXMga borish uchun sarflanadigan vaqtlari ham, naqdlari ham tejaladigan bo`ldi.






