Fransiyada avtomobil yonilg`isi oshirilishiga qarshi ommaviy noroziliklardan so`ng soliqlar oshirilishi yarim yilga muzlatildi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp ma`lum qildi. Shuningdek, qishki mavsum yakunlanguniga qadar gaz va elektr energiyasining narxi ham ko`tarilmaydi.
“Hech qanday soliqlar millat birdamligi xavf ostida qolganini oqlay olmaydi”, deya ta`kidlagan Bosh vazir. Fransiyada ekologik islohotlar doirasida 2019 yil 1 yanvardan benzin va dizel yonilg`isiga soliqlar oshirilishi rejalashtirilgan edi.






