Daniya hukumati Lindxolm orolini migrantlar uchun qamoqxonaga aylantirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Ushbu orolga mamlakat hududida jinoyatlar sodir etgan chet elliklarni hamda noqonuniy migrantlarni jo`natish ko`zda tutilgan. Hukumat keyingi vaqtlarda Daniyada noqonuniy muxojirlar soni ortib borayotganidan tashvishda. Ichki ishlar vazirligi esa ular tomonidan turli mayda jinoyatlar sodir etilayotganini ma`lum qilgan.






